Yangiliklar

“Yuqori sifatli raqamli ipak yoʻlini birgalikda qurish va Global raqamli hamkorlikning yangi namunasini yaratish” seminari

Yangiliklar
06.05.2024
“Yuqori sifatli raqamli ipak yoʻlini birgalikda qurish va Global raqamli hamkorlikning yangi namunasini yaratish” seminari

Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan Xitoyda joriy yilning aprel oyida tashkil etilgan “Yuqori sifatli raqamli ipak yoʻlini birgalikda qurish va Global raqamli hamkorlikning yangi namunasini yaratish” seminarida Markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida mahalliy korxonalarga tashriflar, raqamli rivojlantirish boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganish uchun mahalliy hukumat vakillari va biznes rahbarlari bilan uchrashuvlarda qatnashildi.

Seminarning so‘ngi kunida Markazimiz vakillari tomonidan seminar ishtrokchilari uchun Markaz faoliyati, IT Park rezidentlariga yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar, yurtimizdagi korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan IT yechimlar va O‘zbekistonni IT-HUBga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilishdi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi