Rahbariyat

Kravchenko Vladimir Vladimirovich

Kravchenko Vladimir Vladimirovich

Markaz direktori
Har seshanba va payshanba 17:00-18:00

Kravchenko Vladimir Vladimirovich 1985-yil 5-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti bakalavriatini, 2017-yil Toshkent shahridagi Singapur menejmenti rivojlantirish universtiteti menejment fakulteti magistraturasini va 2020-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining telekommunikatsiya injiniringi bo‘yicha sirtqi ta'limni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yil “Uzinfocom” DUK marketing bo‘limida 1-toifali marketolog mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2008–2008 yy. “NetCity” MChJ qo‘llab-quvvatlash xizmati texnik mutaxassisi bo‘lib faoliyatini davom ettirgan.

2008–2009 yy. “O'zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi yordamchi personal 1-toifali muhandisi lavozimida ishlagan.

2009-2010 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xalqaro aloqalar va shartnomalar departamenti yetakchi mutaxassisi.

2010-2011 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Injener-texnik markazi” filiali marketing xizmati boshlig‘i.

2011-2011 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “UzNET” filiali marketing bo‘limi boshlig‘i.

2011-2012 yy. - O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

2012-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti inspektori.

2013-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining pochta va telekomunikatsiyalarni, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, arxiv ishi, intelektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari sho‘basining yetakchi mutaxassisi.

2015-2017 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zMobayl” filiali tijorat direktori.

2017-2018 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zMobayl” filiali direktori.

2018-2018 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi chakana sotuvlarni boshqarish markazi direktori.

2018-2021 yy. - “Coscom” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Ucell savdo belgisi) Bosh direktori.

2021-2022 yy. - “Digital Holding” masʼuliyati cheklangan jamiyati qo'shma korxonasining Bosh direktori.

2022-yilning 22-fevralidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi direktori etib tayinlandi.

Shadmanov Zuhriddin Zokirxodjayevich

Shadmanov Zuhriddin Zokirxodjayevich

Direktor o'rinbosari
Har dushanba va chorshanba 16:00-18:00

Shadmonov Zuxriddin Zokirxodjayevich 1978-yil 27-martda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1999-yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2001-yilda Buyuk Britaniyaning Middlsaks universitetini tamomlagan.

1995-1996-yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
1996-1999-yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
1999-2001-yy. - Buyuk Britaniyaning Middlsaks universiteti magistranti


2001-2003-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Davlat statistika departamenti Jamlanma statistik ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2003-2006-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Milliy hisoblar tizimi boshqarmasi Daromadlarni taqsimlash va jamg‘arish hisoblari bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
2006-2010-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Milliy hisoblar boshqarmasi Ishlab chiqarish va daromadlarni tashkil qilish hisoblari bo‘limi boshlig‘i, Milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i
2010-2011-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi o‘qituvchisi (soatbay)
2011-2013-yy. - “Kontinet-Shahristan” qo‘shma korxonasi savdo bo‘limining boshlig‘i
2014-2016-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Davlat muassasasi yetakchi mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i v.b., departament boshlig‘i
2016-2018-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari sho‘’basining davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.
2018-y - 2021-yy. - Xalq ta’limi vazirligi Hududiy bo‘limlar faoliyatini va mahalliy boshqaruv organlari bilan o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i

2022-yildan hozirgi vaqtgacha Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.