Hamkorlik

Hamkorlik

"Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" va Toshkent shahridagi Amiti Universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

 

Memorandumning asosiy maqsadi ikki muassassa o'rtasida tashkil etiladigan yangi loyihalar va hamkorlik tadbirlari ustida ishlash hisoblanadi. 

 

Bundan tashqari ushbu memorandum yangi xodimlarni o'qitish, qo'shma konferensiyalar, seminarlar, akademik izlanishlar, stajirovkalar olib borish, o'quv jarayoni amaliyoti samarasini oshirish, axborot texnologiyalari sohasida dunyoning eng yaxshi amaliyotlarini o'rganish va ularni joriy etish, sifatini oshirish orqali kadrlarni tayyorlash va bitiruvchilarni ishga joylashishlarida yordam berish kabi faoliyatlarni amalga oshirishda ishchi aloqalarni o'rnatishni taminlaydi.