Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Yangiliklar
01.04.2024
“Yashil makon” umummilliy loyihasi

2023-yilning noyabr oyida Zangiota tumanidagi “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga tegishli yer maydonida Markaz xodimlari tomonidan 200 tupdan ziyod daraxt ko'chatlari ekilgan edi.

Loyiha doirasida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko'chatlarini o'stirish maqsadida "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasi xodimlari bugun, 1-aprel kuni parvarishlash va sug'orish ishlarini amalga oshirishdi.  

Shuningdek, bir qator Markaz xodimlari  tomonidan “Yashil makon" umummilliy loyihasini keng targ'ibot qilish maqsadida Bektemir tumani "Iykota" MFY hududida archa va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi