Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi hodimi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ma'ruza bilan ishtirol etdi.
Joriy yilning 23-noyabr sanasida, Toshkent Moliya Institutida "Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tutgan o‘rni" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasasining Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ilmiy-tadqiqot bo‘limi yetakchi mutaxassisi Tojiboyev Fazliddin Xusniddin o‘g‘li "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari" nomli maqola bilan ishtirok etildi. Tadbir so‘ngida tashakkurnoma bilan taqdirlandi.