Yangiliklar

Til – davlat ramzi

Yangiliklar
10.04.2023
Til – davlat ramzi

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ 615-son) qabul qilinganligi munosabati bilan “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy targ‘ibot mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotni Markazning Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Raxmonov olib borib mashg‘ulot ishtirokchilariga quyidagilar haqida maʼlumot berdi.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixidir.

1989-yilning 21-oktyabr kuni   Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra  O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim siljishlaridan biri bo‘lib, ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 9-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabridagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084-son Farmoni bilan barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish shuningdek, barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq taʼminlash va bu jarayonda davlat tiliga qatʼiy amal qilishni nazorat qilish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”” 21-bandida tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini 2023-yil 1-yanvardan to‘liq joriy qilish belgilanganligini aytib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi