Yangiliklar

"Tartib bor joyda - ish unadi" va "Korrupsiyaviy huquqbuzarlik va davlat mablag‘larini talon-taroj uchun jazo muqarrardir"

Yangiliklar
25.12.2023
"Tartib bor joyda - ish unadi" va "Korrupsiyaviy huquqbuzarlik va davlat mablag‘larini talon-taroj uchun jazo muqarrardir"

Markazda "Tartib bor joyda - ish unadi" va "Korrupsiyaviy huquqbuzarlik va davlat mablag‘larini talon-taroj uchun jazo muqarrardir" mavzularida  navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.

2023-yil 25-dekabrda “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasida “Tartib bor joyda - ish unadi” va “Korrupsiyaviy huquqbuzarlik va davlat mablag‘larini talon-taroj uchun jazo muqarrardir” mavzularida  navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.

Tadbirda Markazning Ichki mehnat tartibi qoidalari mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Mashg‘ulotning Markazning Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Raxmonov olib bordi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari xodimlarga nisbatan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, homiladorlik va tug‘ish ta’tillaridan, bola parvarishlash ta’tillaridan foydalanishni, mehnat intizomini, ish beruvchi bilan xodim hamda ta’lim oluvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan asosiy normativ hujjat hisoblanishi haqida alohida to‘htalib o‘tdi. Shuningdek, qoidalarda ish beruvchi va xodimlarning majburyatlari,huquqlar, xodimlarga beriladigan imtiyozlar va rag‘batlantirishlar shu bilan birga, ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazolar haqida misol asosida tushuntirishlar berdi.

Markazning moliyalashtirish davlat budjetiga tenglashtirilgan jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladi.  Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir tiyin xalqmizni peshona terisi orqali topgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun Markaz xarajatlar smetasini ishlab chiqish va uni undan foydalanilganda qonunchilik normalariga amal qilish shart. Davlat mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish oldini olish maqsada amaldagi qonunchilik normalarida jazolar aniq belgilab qo‘yilganligi xodimlarga alohida tushuntirib o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi