Yangiliklar

Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi

Yangiliklar
24.05.2023
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi

Joriy yilning 24-may kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushb mashg‘ulotda ”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) mazmun-mohiyat xodimlar e’tiboriga yetkazildi.

Mashg‘ulotni Markazning kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Raxmonov olib bordi.

Mazkur qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga misollar bilan ochib berildi. Xususan:

ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas;

Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi;

Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi.

Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi.

Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi.

Mashg‘ulot yakuni qabul qilingan boshqa yangi normativ-huquqiy hujjatlar haqida ham qo‘shimcha ma’lumotlar berildi hamda xodimlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi