Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jonini fido etgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyati haqida.
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy (1894-1938) o‘zbek adabiyotining muhim namoyandalaridan biri bo‘lib, u romanchilik janrining asoschisi hisoblanadi. Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida bog‘bon oilasida tug'ilgan. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatini 1914-yildan boshlagan. Uning “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga” she’rlari va “Baxtsiz kuyov” kabi mashhur dramalari mavjud. 1917-yilda esa Qodiriy matbuotda faoliyat yuritishni boshlaydi va u yerda 300 dan ortiq maqola yozadi.
Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoro shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan va “Tarbiyai atfol” jamiyatining moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi bilan 1909–1913-yillarda Istanbulda tahsil olgan. U yerda o‘z bilimlari bilan professor-o‘qituvchilarni hayratga solgan va shu davrda “Fitrat” (donishmand) taxallusini olgan. Fitrat “Sayha” nomli, “Munozara” va “Sayyohi hindi” kabi asarlarni yozgan. 1917-yildan boshlab, u “Hurriyat” gazetasining bosh muharriri sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.
Cho‘lpon
Abdulhamid Cho‘lpon shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon va tanqidchi sifatida tanilgan. Cho‘lponning ijodiy faoliyati 1913-1914-yillarda boshlangan. Cho‘lpon ilk bora “Sadoi Turkiston” gazetasida “Turkistonli qardoshlarimizga” she’rini chop etgan. Uning dastlabki asarlari “Do‘xtur Muhammadyor” hikoyasi va “Qurboni jaholat” kabi asarlar bo'lib, bu asarlarda Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy holati yoritilgan. Cho‘lponning she’riy asarlari “O‘zbek yosh shoirlari”, “Uyg‘onish”, “Buloqlar”, “Tong sirlari” va “Soz” to‘plamlarida jamlangan.