Yangiliklar

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi

Yangiliklar
18.10.2024
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi

Joriy yilning 21-oktabrida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi nishonlanadi. Bu kun biz uchun nafaqat tarixiy sana hisoblanadi, balki milliy iftihorimiz, madaniyatimiz va tilimizni e’zozlash imkoniyatini yaratadi.

O'zbek tili —bu bizning milliy merosimiz, madaniyatimiz va o'zligimizdir. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan "Davlat tili to'g'risida"gi qonun, xalqimizning mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadamlaridan biri bo'ldi. Ushbu qonun bilan O'zbek tiliga berilgan maqom, bizni birlashtiruvchi kuch va milliy o'zlik timsolidir. 

O'zbek tilini asrash va rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Keling, bu kunni tilimizga bo'lgan hurmat va muhabbatimizni namoyish etadigan kunga aylantiraylik! Barchangizni 21-oktabr — O'zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo'lgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi