Joriy yilning 28-iyul kuni Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazida “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” muallifi Otabek Mahkamov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bugun, 28-iyul kuni Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazlari xodimlar uchun “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” kitobi muallifi, huquqshunos, serqirra ijodkor, taniqli bloger Otabek Mahkamov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Otabek Mahkamov tomonidan har bir shaxs o‘z kelajigini o‘zi belgilashi va muvafaqqiyatlarga erishish uchun o‘ziga ishonch bo‘lishini misollar asosida tushuntirib berdi.
Hozirgi kunda yuksaklikka erishgan shaxs mashhur shaxslar haqida o‘z fikrlarini almashdi. Shuningdek, xorjiy davlatlarda faoliyat olib borayotgan ham yurtlarimiz bilan mamlakatimizda yashash faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarni o‘zaro taqqoslab, erishilayotgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida eng qiziqarli savol egasiga Otabek Mahkamov tomonidan o‘sha mashhur – “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” kitobi taqdim etildi.