Yangiliklar

Odob-axloq qoidalariga rioya qilish har bir xodimning majburiyati

Yangiliklar
20.10.2023
Odob-axloq qoidalariga rioya qilish har bir xodimning majburiyati

Joriy yilning 20-oktabr kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasida “Odob-axloq qoidalariga rioya qilish har bir xodimning majburiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Markazning odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” mazmuni mohiyati keng tushuntirib berildi. Jumladan, tadbir davomida xodimlarga nisbatan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, homiladorlik va tug‘ish ta’tillaridan, bola parvarishlash ta’tillaridan foydalanishni, mehnat intizomini, ish beruvchi bilan xodim hamda ta’lim oluvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday boshqa huquqiy munosabatlar, rahbarlar, bo‘ysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy munosabatlar, xodimlarni kiyinish madaniyati, davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obro‘siga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar (harakatsizlik), davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari va davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar bo‘linmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

 

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi