Ushbu seminarda yurtimizning mustaqillikka erishishida xalqimiz chekkan azob va sitamlar, 1937−53 yillardagi “Qatag‘on davri”, 80-yillardagi “Paxta ishi”, “o‘zbek ishi” degan soxta ayblovlar bilan hamyurtlarimizning adolatsizlik qurboni bo‘lishi mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlar o‘rtasida O‘zbekiston tarixi bo‘yicha kichik savol-javob musobaqasi o‘tkazildi. Unda g‘olib bo‘lgan Markaz xodimasi Gulnora Axmatova esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.