“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi Xitoy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari akademiyasi (CAICT) va Huawei bilan O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan hamkorlik yuzasidan Markaz xodimlari ishtirok etishdi
Joriy yilning 18-22-noyabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida “Hisoblash standartlari va ilovalari bo'yicha xalqaro simpoziumi” bo'lib o'tmoqda.
“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi Xitoy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari akademiyasi (CAICT) va Huawei bilan O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan hamkorlik yuzasidan Markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Markaz Direktor o‘rinbosari Shadmanov Zuhriddin, Xalqaro aloqalar bo'yicha bosh mutaxassis Mirzaev Baxrom va Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ilmiy-tadqiqot bo'limi bosh mutaxassisi Tojiboev Fazliddin tomonidan O'zbekistonda IT va chet ellik investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida taqdimot namoyish etildi.
️Shuningdek, Markaz xodimlari tomonidan Xitoyning CAICT akademiyasi bilan birgalikda ishlanayotgan loyiha bo'yicha ham ma'lumot berib o'tildi.
CAICT “Oʻzbekistonning 2030-yilgacha raqamli iqtisodiyotiga umumiy nuqtai nazar va qarash” hisobotini tayyorladi.