"Yangi O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari va xorij tajribasi"
Joriy yilning 7-iyun sanasida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Yangi O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari va xorij tajribasi" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Ushbu konferensiyada "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" DMning Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ilmiy-tadqiqot bo'limi boshlig'i Ismailov Xusanboy Mahammadqosim o'g'li "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari" nomli maqolasi bilan ishtirok etdi. Tadbir oxirida tashakkurnoma bilan taqdirlandi.