Yangiliklar

15-may kuni “Xalqaro oila kuni”

Yangiliklar
15.05.2023
15-may kuni “Xalqaro oila kuni”

Joriy yilning 15-may kuni “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Markaz xodimlariga dunyo bo‘ylab 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanishi, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 15-may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilanganligi, bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, har yili Xalqaro oilalar kuni uchun mavzu tanlanib, bu yilgi mavzu “Demografik tendentsiyalar va oilalar”ga bag‘ishlanganligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi