Yangiliklar

Yil sarhisobi: Qator xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi

Yangiliklar
28.12.2022
 Yil sarhisobi: Qator xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi

Jahon miqyosida O‘zbekiston nufuzini oshirishda, mavqeini mustahkamlashda xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati katta. Reytinglar mamlakatdagi inson huquqlari himoyasi, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o‘sish kabi muhim jihatlarga ko‘zgu tutadi.

2022 yilda e’lon qilingan xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi. Masalan, GovTech Enablers indeksining raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovasiyalar ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 65 pog‘onaga ko‘tarildi.

 Jahon banki tomonidan Davlatlarning texnologik tayyorgarligi indeksi (GovTech Maturity Index)da mamlakatimiz 198 davlat orasida 43-o‘rinni egallab, 37 pog‘onaga ko‘tarildi.

Matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston birdan 24 pog‘onaga yuqoriladi — 157-o‘rindan 133-o‘ringa.

 Boshqa ko‘rsatkichlar navbatdagi #infografikada

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi