Yangiliklar

Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda

Yangiliklar
26.12.2022
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni va uning ijrosini ta'minlash yuzasidan qarori imzolandi.

Mazkur Farmonda so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha amalga oshiirilgan keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar haqida ta'kidlab o'tilgan.

Jumladan, davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi o‘rtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari qisqartirildi.

Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish hisobidan byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida 30 ga yaqin turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat tashkilotlari tomonidan 60 dan ortiq hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda va barcha vazirliklarning shtat birliklari 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartirilmoqda.

Shu o'rinda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda.

Farmon va qarorning to'liq matni bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi