Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimidagi korxona va tashkilotlarda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish to’g’risidagi buyrug’i ijrosi yuzasidan o’tkazildi.
Musobaqada barcha xodimlar jismoniy faolligi darajasini oshirish va sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash maqsadida ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.
Shuningdek, Markazimiz mutaxassisi Azmiddin Rixsixadjayev birinchi o‘rinni olgani sababli sovg’a bilan taqdirlandi.