Yangiliklar

Markazning korrupsiya faktlariga oid murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha 2022-yil hisoboti

Yangiliklar
04.01.2023
Markazning korrupsiya faktlariga oid murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha 2022-yil hisoboti

Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining aloqa kanallari orqali 2022-yil davomida korrupsiya faktlariga oid murojotlar kelib tushmaganligi bo‘yicha o‘z hisobotini taqdim etadi.

Qolaversa, markazda, 2022-yil 26-avgust sanasida markaz hodimlari orasida “Korrupsiyaga yo‘q deng” mavzusida seminar o‘tkazildi, unga ko‘ra, markaz hodimlari, Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan Davlat siyosati, korrupsiyaning illatlari, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

2022-yil 21-dekabr sanasida “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasida “Biz korrupsiyaga murosasiz munosabatda” mavzusini Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori, adliya maslahatchisi Xudoyberdi Tursunbekov tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan tadbirlar, jumladan qabul qilingan qonun hujjatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati va korrupsiyaga oid bo‘lgan mavzular yuzasidan keng tushuntirishlar berib o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi