Yangiliklar

Joriy yilning 15 dekabr kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” va “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasalari xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy savodxonlik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar
15.12.2022
Joriy yilning 15 dekabr kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” va “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasalari xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy savodxonlik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaz Yuridik bo‘limi boshlig‘i v.b. Raxmonov Abdullajon Nishonovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisini taʼsis etish to‘g‘risida”gi 681-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirib berdi.

Ushbu qarorga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, o‘zining bilimi va salohiyati hamda yuqori darajadagi kasbiy mahorati bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan soha xodimlari mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida “Mohir aloqachi“ ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi“ belgisi taʼsis etilgan.

“Mohir aloqachi“ ko‘krak nishoni, “O‘z kasbining ustasi“ belgisi hamda ularning guvohnomalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar esa taqdirlanayotgan shaxslar faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olingan.

“Mohir aloqachi“ ko‘krak nishoni nishoni bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlari va tashkilotlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish, pochta aloqasi xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan, o‘zining bilimi va salohiyati hamda yuqori kasbiy mahorati bilan boshqalarga namuna bo‘lgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

“O‘z kasbining ustasi“ belgisi bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-mantajchi, operator, feldeger kabi ommaviy kasb egalari o‘zining bilimi va salohiyati hamda yuqori kasbiy mahorati bilan sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnatlari uchun taqdirlanadi.

 

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi