Yangiliklar

Biz - korrupsiyaga murosasiz munosabatda

Yangiliklar
21.12.2022
Biz - korrupsiyaga murosasiz munosabatda

Joriy yilning 21 noyabr kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” va “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasalari xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy savodxonlik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda sohada ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillariga asoslangan korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Hammamizga maʼlumki, bugungi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023- yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 16 maydagi 259-sonli qaroriga muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shunga ko‘ra, 2022-yil 21-dekabr kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi xodimlar ishtirokida “Biz - korrupsiyaga murosasiz munosabatda” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-taʼlim markazi katta prokurori, adliya maslahatchisi Xudoyberdi Tursunbekov ishtirok etdi.

X.Tursunbekov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan tadbirlar, jumladan qabul qilingan qonun hujjatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar, ularni bartaraf etish yo‘llari va korrupsiyaga huquqbuzarliklar sodir etilganda belgilangan jazolar, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xalqaro va milliy qonunchiligimizdagi mavjud normalar asosida xodimlarga keng va chuqur tushuntirishlar berib o‘tdi.

 

Boshqa yangiliklar
Sizning soʼrovingiz boʼyicha hech nima topilmadi